Bayram kunlarida shifoxonalar va tez yordam xizmati uzluksiz ishlaydi

Oʻzbekiston mustaqilligining 35 yilligini nishonlash bilan bogʻliq bayram va dam olish kunlarida mamlakatimiz tibbiyot muassasalari kuchaytirilgan rejimda ishlaydi. Tibbiyot tizimi faoliyatini muvofiqlashtirish uchun Sogʻliqni saqlash vazirligi huzurida maxsus shtab tashkil etildi.
29-avgustdan 1-sentyabrgacha tuman, shahar, viloyat va respublika shifoxonalari, ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari, ayrim oliy oʻquv yurtlari qoshidagi vrachlik punktlari, shuningdek, 39 tumanlararo travmatologiya va oʻtkir qon tomir kasalliklari punktlarida navbatchilik asosida tibbiy yordam koʻrsatiladi.
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, uning 13 ta hududiy filiali, shuningdek, mamlakatimizning 200 ga yaqin aholi punktlarida joylashgan shoshilinch tibbiy yordam boʻlimlari kechayu kunduz ishlashda davom etadi.
“103” xizmati ham oʻzgarishsiz ishlaydi. Bayram kunlari 14 ta hududiy filial, 189 ta stansiya, 40 ta nimstansiya va 1492 ta tayanch punktlarida 2900 dan ortiq tez tibbiy yordam brigadalari navbatchilikda qoladi.
Shuningdek, Sogʻliqni saqlash vazirligi barcha tugʻruqxonalar va bolalar tibbiyot muassasalari uzluksiz ishlashini ma’lum qildi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Kökça Darvoza köçasida «yaşil to‘lqin» ishga tushirildi

Buxoro viloyatida 500 million dollarlik turizm klasteri barpo etiladi

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi
