Dunyoda tug‘ilish darajasi ilk bor zarur ko‘rsatkichdan pastladi

Dunyoda tug‘ilish darajasi ilk bor aholi sonini saqlab qolish uchun zarur ko‘rsatkichdan pastladi. Bu haqda Terra Incognita: The Economics of a Shrinking World tadqiqotida ma’lum qilindi.
Tadqiqotchilar 236 mamlakatdagi demografik holatni tahlil qilgan. Ularning 219 tasida tug‘ilish darajasi uzoq muddat davomida pasayib bormoqda. Mualliflar bunday keng ko‘lamli pasayish avval yirik urushlar va pandemiyalar davrida ham kuzatilmaganini qayd etgan.
Ayrim mamlakatlarda ko‘rsatkich ancha past. Bir ayolga to‘g‘ri keladigan farzandlar soni Tailandda 0,87, Kolumbiyada 1,01, Eronda 1,35, Braziliyada esa 1,52 tani tashkil etadi. Aholi sonini barqaror saqlash uchun bir ayolga o‘rtacha 2,1–2,2 nafar farzand to‘g‘ri kelishi kerak.
Tadqiqot mualliflari tug‘ilishning pasayishi kelajakda mehnatga layoqatli aholi sonining qisqarishi va ijtimoiy himoya tizimlariga tushadigan yukning ortishiga olib kelishi mumkinligini bildirgan.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Kökça Darvoza köçasida «yaşil to‘lqin» ishga tushirildi

Buxoro viloyatida 500 million dollarlik turizm klasteri barpo etiladi

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi
