Ilhom Aliyev 23-24 avgust kunlari davlat tashrifi bilan Oʻzbekistonda boʻladi

Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev 23-24-avgust kunlari davlat tashrifi bilan Toshkentga keladi. Bu haqda Oʻzbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
Toshkentda ikki davlat rahbarlari raisligida oliy darajadagi muzokaralar va Oliy davlatlararo kengashning uchinchi yigʻilishi oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Kun tartibidan Oʻzbekiston-Ozarbayjon strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari oʻrin olgan.
Tovar ayirboshlash hajmini oshirish, ishbilarmon doiralar va hududlar oʻrtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish, transport va tranzit imkoniyatlaridan samarali foydalanish hamda faol madaniy-gumanitar almashinuvlarni davom ettirishga alohida e’tibor qaratiladi. Davlat rahbarlari, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashadilar, koʻp tomonlama tuzilmalar doirasidagi hamkorlikni muhokama qiladilar.
Muzokaralar yakunlari boʻyicha hujjatlar toʻplamini imzolash, bir qator iqtisodiy va gumanitar loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan. Bunga parallel ravishda Oʻzbekistonda ikki mamlakat mintaqalari forumi va boshqa qoʻshma tadbirlar oʻtkaziladi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Kökça Darvoza köçasida «yaşil to‘lqin» ishga tushirildi

Buxoro viloyatida 500 million dollarlik turizm klasteri barpo etiladi

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi
