Poytaxtda “Malibu” haydovchisi yoʻl bezoriligi uchun qoʻlga olindi

Toshkentda YPX xodimlari to‘xtash talabidan so‘ng qochishga uringan Malibu 2 haydovchisini qo‘lga oldi. Poytaxt IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, avtomobil Uch-Qahramon mavzesi tomondan Hasanboy yo‘nalishida harakatlangan. Mashina davlat raqamisiz yurgani, old va yon oynalari qoraytirilgani, shuningdek, avtomobilning orqa qismiga qo‘shimcha antenna o‘rnatilgani inspektorlar e’tiborini tortgan.
YPX xodimi haydovchiga to‘xtash ishorasini bergan, biroq u qonuniy talabga bo‘ysunmagan. Aksincha, keskin burilib, qarama-qarshi yo‘nalish bo‘ylab Hasanboy tomonga harakatni davom ettirgan. Shundan so‘ng huquq-tartibot organlari xodimlari qoidabuzarni ta’qib qilishni boshlagan. Bir muddatdan keyin avtomobil to‘xtatilgan.
Haydovchiga nisbatan O‘zbekiston Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining bir nechta moddalari bo‘yicha ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi:
- 126-modda — tegishli ruxsatnomasiz qoraytirilgan oynali transport vositasidan foydalanish;
- 128-5-modda — avariya holatini yuzaga keltirish va qarama-qarshi harakatlanish yo‘lagiga chiqish;
- 128-10-modda — yo‘l bezoriligi;
- 194-modda — ichki ishlar organi xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik.
Qoidabuzarning avtomobili jarima maydonchasiga joylashtirildi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Kökça Darvoza köçasida «yaşil to‘lqin» ishga tushirildi

Buxoro viloyatida 500 million dollarlik turizm klasteri barpo etiladi

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi
