Yangiliklar/Jamiyat

Chinoz tumanidagi M39 trassasida yuk mashinasi koʻprik yonidagi himoya toʻsiqni buzib yubordi

Jamiyat 21 avgust, 12:00
Chinoz tumanidagi M39 trassasida yuk mashinasi koʻprik yonidagi himoya toʻsiqni buzib yubordi

Toshkent viloyatining Chinoz tumani hududidan oʻtuvchi M39 “Toshkent – ​​Termiz” avtomobil yoʻlida YTH sodir boʻldi. Voqea soat 07:30 atrofida avtomagistralning 870-kilometrida qayd etilgan.

Ikkita qishloq xoʻjaligi texnikasini olib ketayotgan tirkamali “Sitrak” rusumli yuk mashinasini boshqargan 1975-yilda tugʻilgan Qirgʻiziston fuqarosi yukning gabarit oʻlchamlarini hisobga olmay, koʻprik oldidagi himoya metall toʻsiqqa urilib ketgan. Natijada yoʻlning ushbu qismida harakat butunlay toʻsib qoʻyilgan.

Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan yoʻl-transport hodisasi oqibatlari oʻz vaqtida bartaraf etilib, transport harakati toʻliq tiklandi. Chinoz tuman ichki ishlar boʻlimi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

3140

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→