Boʻstonliq tumanida quvvati 20 MVt boʻlgan shamol elektr stansiyasi ishga tushirildi

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida quvvati 20 MVt bo‘lgan yangi shamol elektr stansiyasi ishga tushirildi. Obyektning tantanali ochilish marosimi 20-avgust kuni bo‘lib o‘tdi. Unda Xitoyning O‘zbekistondagi elchisi Yu Jun, mahalliy hokimliklar, energetika kompaniyalari va biznes vakillari ishtirok etdi.
Energetika vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, elektr stansiya har biri 5 MVt quvvatga ega to‘rtta shamol turbinasidan iborat. Stansiya yiliga 50 mln kVt·soatgacha elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Bu esa qariyb 20 mingta xonadonni elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun yetarli.
Stansiyaning foydalanishga topshirilishi qazib olinadigan yoqilg‘i iste’molini kamaytirish va atrof-muhitga tushadigan yuklamani qisqartirish imkonini beradi. Loyiha qayta tiklanuvchi energetikani rivojlantirish hamda mamlakatning uglerod izini kamaytirishga qaratilgan. Loyiha qiymati 28 mln dollarni tashkil etdi. Moliyalashtirish Xitoy hukumati tomonidan beg‘araz grant shaklida taqdim etilgan.
Shamol elektr stansiyasi qurilishi loyihasi ilk bor 2025-yil yozida e’lon qilingan edi. Uni joylashtirish uchun Bo‘stonliq tumanida 10 gektar yer maydoni ajratilgan. O‘shanda stansiya yiliga 811 ming kub metr tabiiy gaz yoki 3150 tonna ko‘mirni tejash imkonini berishi ma’lum qilingandi. Obyekt qurilishi 2025-yil iyul oyida boshlangan. Loyihaning bosh pudratchisi sifatida Xitoyning TBEA Co. Ltd. kompaniyasi tanlangan.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Kökça Darvoza köçasida «yaşil to‘lqin» ishga tushirildi

Buxoro viloyatida 500 million dollarlik turizm klasteri barpo etiladi

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi
