Koʻp qavatli binolardagi liftlar yangi qoidalar boʻyicha tekshiriladi

Adliya vazirligi ko‘p kvartirali uylarni saqlash va ulardan foydalanish bo‘yicha yangi talablarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi. Hujjat 2026-yil 16-noyabrdan kuchga kiradi.
Yangi qoidalarga ko‘ra, boshqaruv tashkilotlari fasadlardagi qoplama, suvoq va bo‘yoq nuqsonlari, shuningdek namlik izlari hamda ifloslanishlarni aniqlanganidan keyin bir oy ichida bartaraf etishi shart.
Liftlardan foydalanish bo‘yicha ham alohida talablar belgilandi. Endilikda boshqaruv kompaniyalari avariya-qutqaruv qurilmalari, aloqa tizimlari, videokuzatuv hamda favqulodda ogohlantirish vositalarining soz holatda ishlashini ta’minlashi kerak. Har bir lift kabinasida foydalanish qoidalari, yuk ko‘tarish quvvati, ruxsat etilgan yo‘lovchilar soni, “Xavfsiz lift” tizimidagi ro‘yxat raqami, texnik ko‘rik ma’lumotlari va avariya xizmatlarining aloqa raqamlari ko‘rsatilgan axborot joylashtirilishi majburiy bo‘ladi.
Liftlarga texnik xizmat ko‘rsatish har oyda, texnik ko‘rik esa kamida yiliga bir marta o‘tkazilishi belgilandi. Shuningdek, boshqaruv tashkilotlari lift shaxtalari va mashina xonalariga erkin kirish imkoniyatini ta’minlashi lozim. Hujjat ko‘p kvartirali uylar kirish yo‘laklarida konditsionerlar va isitish uskunalarini o‘zboshimchalik bilan o‘rnatishni ham taqiqlaydi.
O‘zgarishlar ijarachilarga ham taalluqli. Kvartira egalari uchun belgilangan ayrim huquqlar ijarachilarga tatbiq etilmaydi. Jumladan, ular boshqaruv kompaniyasining hisobotlarini talab qilish, umumiy mulkdan mulkdor nomidan foydalanish yoki uy boshqaruviga oid takliflar kiritish huquqiga ega bo‘lmaydi. Ijarachilar tomonidan qoidalarga rioya etilishi uchun mas’uliyat uy egalariga yuklanadi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Buxoro viloyatida 500 million dollarlik turizm klasteri barpo etiladi

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi
