Adliya vazirligi uy-joylarni boʻlib-boʻlib sotib olish qoidalariga aniqlik kiritdi

Adliya vazirligi 2027-yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekistonda uy-joyni bo‘lib-bo‘lib to‘lash asosida sotib olish taqiqlanishi haqidagi ma’lumotlarni rad etdi. Vazirlikka ko‘ra, yangi qoidalar faqat sotuvchi va xaridor o‘rtasida vositachi sifatida faoliyat yurituvchi muddatli to‘lov operatorlari faoliyatiga taalluqli.
14-avgustdagi Prezident qaroriga muvofiq, agar muddatli to‘lov xizmati operator tomonidan ko‘rsatilsa, ko‘chmas mulk bunday xizmat obyekti bo‘la olmaydi. Biroq ushbu cheklov qurilish kompaniyasi va xaridor o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri bitimlarga tatbiq etilmaydi. Adliya vazirligi ta’kidlashicha, quruvchilar o‘zlari barpo etgan uy-joylarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotishda davom etishlari mumkin. Bunday shartnomalar yangi hujjat talqinidagi muddatli to‘lov xizmatlari qatoriga kirmaydi.
Shunga o‘xshash pozitsiyani Markaziy bank ham bildirdi. Regulyator ulushli qurilish shartnomalari hamda quruvchi va xaridor o‘rtasidagi bevosita bitimlar yangi cheklovlar doirasiga kirmasligini qayd etdi. Shu bilan birga, qaror muddatli to‘lov operatorlarini Markaziy bankning maxsus reyestrida majburiy ro‘yxatdan o‘tkazishni nazarda tutadi. Ular uchun shartnomalar tuzish, komissiyalarni hisoblash va ustamalar miqdoriga oid talablar belgilanadi.
Mutasaddi idoralar ma’lumotiga ko‘ra, hujjatning asosiy maqsadi uy-joyni muddatli to‘lov asosida sotishni taqiqlash emas, balki bunday xizmatlarni ko‘rsatuvchi vositachilar faoliyatini tartibga solishdan iborat.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi

Apple servislaridan rekord darajadagi 31,6 milliard dollar daromad oldi
