Yangiliklar/Siyosat

Prezident Urganch va Xiva oʻrtasidagi yangi pullik avtomobil yoʻlini sinovdan oʻtkazdi

Siyosat 18 avgust, 17:08
Prezident Urganch va Xiva oʻrtasidagi yangi pullik avtomobil yoʻlini sinovdan oʻtkazdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xivada tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotdan so‘ng “Urganch – Xiva” yangi pullik avtomobil yo‘li bilan tanishdi.

Yangi magistral Urganch xalqaro aeroporti bilan Xiva shahrini bog‘laydi va qatnov vaqtini sezilarli darajada qisqartiradi. Hozirda ikki shahar o‘rtasidagi yo‘lga o‘rtacha 45-50 daqiqa sarflansa, yangi avtomobil yo‘li ishga tushgach, bu vaqt 15-17 daqiqagacha kamayadi.

Loyiha doirasida quyidagilar barpo etildi:

  • 35 km yangi avtomobil yo‘li;
  • 1 ta yer osti tunneli;
  • 8 ta yo‘l o‘tkazgich;
  • 15 ta ko‘prik;
  • 106 ta suv o‘tkazish inshooti.

Yo‘lning o‘tkazuvchanlik quvvati sutkasiga 30 mingdan ortiq transport vositasini tashkil etadi.

Loyihaning muhim jihatlaridan biri transport harakati va to‘lovlarni boshqarishning raqamli tizimi bo‘ladi. Yengil va yuk avtomobillari, shuningdek avtobuslar uchun yo‘l haqi transport vositasini to‘xtatmagan holda elektron shaklda undiriladi. Haydovchilar uchun muqobil bepul yo‘l ham saqlab qolinadi. Bu talab 5-avgust kuni qabul qilingan “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahririda belgilangan.

Magistral qurilishida issiq iqlim sharoitlariga moslashtirilgan maxsus yo‘l qoplamasidan foydalanilgan. Yo‘lning yuqori qatlamlari modifikatsiyalangan bitum aralashmasidan yotqizilgan bo‘lib, qoplamaning umumiy qalinligi 87 santimetrni tashkil etadi.

Shuningdek, magistral bo‘ylab xalqaro standartlarga javob beradigan servis zonalari va xizmat ko‘rsatish obyektlarini tashkil etish rejalashtirilgan.

1,4770

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→