Yangiliklar/Jamiyat

Yarim yilda 562 mingdan ortiq oilaga energiya kompensatsiyasi to‘landi

Jamiyat 13 avgust, 10:30
Yarim yilda 562 mingdan ortiq oilaga energiya kompensatsiyasi to‘landi

2025-yil 2-apreldagi Prezidentning PQ-134-son qaroriga muvofiq, kam ta’minlangan oilalarga elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’moli uchun belgilangan bazaviy me’yordan oshgan qism bo‘yicha kompensatsiya to‘lab berilmoqda.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning birinchi yarim yilligida elektr energiyasi va tabiiy gaz bo‘yicha kompensatsiya to‘lovlarini 562 918 ta ehtiyojmand oila olgan. To‘lovlarning umumiy hajmi 92,1 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Shundan:

  • elektr energiyasi uchun 51,4 mlrd so‘m;
  • tabiiy gaz uchun 40,7 mlrd so‘m kompensatsiya ajratilgan.

Fuqarolar kompensatsiyani rasmiylashtirish va olish tartibi bo‘yicha batafsil ma’lumotni mahalladagi ijtimoiy xodimlardan, tuman (shahar)dagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazidan yoki Agentlikning 1140 qisqa raqamli Call-markazi orqali olishlari mumkin.

4110

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→