Qashqadaryoda YPX mashinasini urib yuborgan haydovchi qoʻlga olindi

Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida yoʻl-patrul xizmati xodimlari huquq-tartibot idoralari xodimlaridan yashirinishga urinib, xizmat mashinasini urib yuborgan haydovchini qoʻlga oldi. Qayd etilishicha, tungi xizmat vaqtida yo‘l-patrul xizmati xodimlari Nexia-2 avtomashinasini to‘xtatishga uringan. Biroq haydovchi qonuniy talabga bo‘ysunmay, voqea joyidan uzoqlashishga harakat qilgan.
Keyingi chorrahada boshqa bir YPX xodimi ham toʻxtash ishorasini bergan, biroq haydovchi yana itoat etmagan. Huquqbuzarni toʻxtatish uchun patrul xizmati xodimlari yoʻlni xizmat mashinasi bilan toʻsib qoʻygan. Shunga qaramay haydovchi YPX mashinasiga borib urilgan va qochishga uringan. Koʻrilgan chora-tadbirlar natijasida huquqbuzarga nisbatan toʻxtatib qoʻyilgan va ushlangan.
IIB tomonidan e’lon qilingan videoda haydovchi hujjatlari bo‘lmagani sabab qo‘rqib ketganini aytgan.
“Yonimda hujjatlarim yo‘q edi. Qo‘rqib ketib, qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlandim. YPX mashinasiga urildim va to‘xtash talabiga bo‘ysunmay ketib qoldim. Qilgan ishimdan afsusdaman. Boshqa bunday holat takrorlanmaydi. Qonun ustuvor, jazo muqarrar. Boshqalarga ham shunday xatti-harakatlarni qilmaslikni tavsiya qilaman”, — dedi u.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Kökça Darvoza köçasida «yaşil to‘lqin» ishga tushirildi

Buxoro viloyatida 500 million dollarlik turizm klasteri barpo etiladi

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi
