Yangiliklar/Jamiyat

“O‘rgimchak odam: Yangi kun” O‘zbekiston va Qozog‘istonda rekord o‘rnatdi

Jamiyat 12 avgust, 12:50
“O‘rgimchak odam: Yangi kun” O‘zbekiston va Qozog‘istonda rekord o‘rnatdi

Sony Pictures yangi filmi"Oʻrgimchak odam: Yangi kun" Markaziy Osiyoda yilning eng muvaffaqiyatli filmlaridan biriga aylandi va mintaqadagi bir qancha mamlakatlarda prokat rekordlarini oʻrnatdi.

Film O‘zbekistonda 6-avgust kuni keng namoyishga chiqarildi va birinchi kunning o‘zida 1,07 mlrd so‘m (taxminan 90,2 ming dollar) mablag‘ yig‘ib, mamlakat kinoprokat tarixidagi eng yuqori bir kunlik natijani qayd etdi. Filmni ilk kunning o‘zida 15 838 tomoshabin tomosha qildi. O‘zbek tilidagi dublyaj seanslari esa umumiy tushumning 11,5 foizini ta’minladi.

Yuqori natijalar mintaqaning boshqa mamlakatlarida ham qayd etilgan. Birinchi dam olish kunlari natijalariga koʻra, Qozogʻiston, Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Armaniston va Tojikistonda filmning umumiy kassasi 3,58 million dollarga yetdi. Bu mablagʻning 77,8 foizi Qozogʻiston, 10 foizi Oʻzbekiston, 6,5 foizi Qirgʻiziston, 4,9 foizi Armaniston, 1,9 foizi Tojikiston hissasiga toʻgʻri keldi.

Film Markaziy Osiyoning beshta davlatida tarqatilishining birinchi kunidayoq koʻproq toʻplangan 1 million dollar, va uning tomoshabinlari 200 mingga yaqinlashdi. Bu koʻrsatkich boʻyicha Oʻzbekiston mintaqada Qozogʻistondan keyin ikkinchi oʻrinni egalladi.

4400

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→