Misrning PHARCO kompaniyasi Oʻzbekistonda gepatit C ga qarshi dori ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyishi mumkin

O‘zbekiston vakillari Misrning PHARCO Corporation farmatsevtika korporatsiyasi mintaqaviy direktori Mohamed Faruk bilan uchrashuv o‘tkazdi. Tomonlar gepatit C kasalligini davolash uchun mo‘ljallangan dori vositalarini O‘zbekistonda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, texnologiyalar transferi va investitsiyalarni jalb etish istiqbollarini muhokama qildi.
“Dunyo” axborot agentligi xabariga ko‘ra, uchrashuvda O‘zbekiston farmatsevtika quvvatlaridan foydalangan holda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi. PHARCO Corporation Misr farmatsevtika bozorining eng yirik ishtirokchilaridan biri hisoblanadi. 1987-yilda tashkil etilgan korporatsiya tarkibiga to‘qqizta kompaniya kiradi va ularda 5,7 mingdan ortiq xodim ishlaydi. Guruh korxonalari har yili 345 milliondan ziyod qadoq dori vositalarini ishlab chiqaradi va mahsulotlarini dunyoning 57 mamlakatiga eksport qiladi. Kompaniyaning Misr farmatsevtika bozoridagi ulushi 13,2 foizni tashkil etadi.
Mohamed Faruk korporatsiyaning Misrda gepatit C kasalligiga qarshi milliy dasturdagi ishtiroki haqida so‘zlab berdi. Uning aytishicha, kompaniya arzon antivirus preparatlari, jumladan Gratisovir sofosbuvir generigi va litsenziyalangan Ravidasvir preparatini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan.
Natijada davolanish kursi narxi o‘n minglab dollardan 100 dollardan kamroq miqdorgacha tushirilgan, bemorlarning sog‘ayish darajasi esa 99 foizga yetgan. Ushbu preparatlarning keng qo‘llanilishi millionlab fuqarolarni davolash imkonini berdi. Natijada Misr gepatit C kasalligi ustidan qozonilgan g‘alaba uchun Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining “Oltin sertifikati”ni olgan dunyodagi ilk davlatga aylandi.
PHARCO allaqachon O‘zbekistonning bir qator xususiy farmatsevtika kompaniyalari bilan hamkorlik qilmoqda. Tomonlar fikricha, Gratisovir va Ravidasvir preparatlari bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish dori vositalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib berish, texnologiyalar transferi va mamlakatda mahalliy ishlab chiqarishni tashkil etish imkonini beradi.
Muzokaralar yakunida O‘zbekiston Tibbiyot va farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligi, mahalliy farmatsevtika kompaniyalari hamda PHARCO Corporation vakillari ishtirokida onlayn uchrashuv o‘tkazishga kelishib olindi. Misr tomoni muzokaralarni davom ettirish maqsadida O‘zbekistonga o‘z delegatsiyasini yuborishga ham tayyorligini bildirdi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Kökça Darvoza köçasida «yaşil to‘lqin» ishga tushirildi

Buxoro viloyatida 500 million dollarlik turizm klasteri barpo etiladi

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi
