Oʻzbekistonda dam olish kunlarida +42 darajagacha issiq boʻlishi kutilmoqda

Oʻzbekistonda bir necha kunlik nisbatan qulay ob-havo kuzatilgach, havo harorati yana koʻtarila boshlaydi. Oʻzgidrometning xabar berishicha, 8-avgust, juma kuni respublikaning aksariyat hududlarida havo +34...+37 darajagacha isishi mumkin. Shanba va yakshanba kunlari havo harorati +37...+40 darajagacha koʻtariladi, shimoliy, janubiy va choʻl hududlarida ayrim joylarda +41...+42 darajagacha issiq boʻladi.
Yaqin kunlarda yogʻingarchilik kutilmaydi. Faqat ayrim togʻli hududlarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻib, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Toshkent viloyatining togʻ oldi va togʻli hududlari, Fargʻona vodiysi hududlarida sel va sel kelishi xavfi saqlanib qolmoqda.
8-9-avgust kunlari respublikaning shimoliy va choʻl hududlarida shamol tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Ayrim joylarda chang boʻroni boʻlishi mumkin.
Toshkentda ham yogʻingarchilik kutilmaydi. Juma kuni havo harorati taxminan +36 daraja, dam olish kunlari esa +37...+39 darajagacha koʻtariladi. Kechasi termometr +21…+24 darajani koʻrsatadi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Kökça Darvoza köçasida «yaşil to‘lqin» ishga tushirildi

Buxoro viloyatida 500 million dollarlik turizm klasteri barpo etiladi

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi
