Yangiliklar/Iqtisod

KFC va Evos Oʻzbekistondagi umumiy ovqatlanishning eng yirik soliq toʻlovchilariga aylandi

Iqtisod 6 avgust, 18:10
KFC va Evos Oʻzbekistondagi umumiy ovqatlanishning eng yirik soliq toʻlovchilariga aylandi

2026-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekistonda umumiy ovqatlanish sohasida faoliyat yurituvchi 23 ming 148 yuridik shaxs tomonidan byudjetga 1 trillion soʻmdan ortiq soliq toʻlangan.

Shundan 215,9 milliard so‘mi yoki jami tushumlarning 21,4 foizi sohadagi eng yirik 20 ta korxona hissasiga to‘g‘ri kelgan. Ushbu korxonalarning umumiy aylanmasi 2,8 trillion so‘mni tashkil etgan.

Eng ko‘p soliq to‘lagan kompaniyalar reytingida International Foodchain (KFC) 52,2 milliard so‘m bilan birinchi o‘rinni egalladi.

Ikkinchi o‘rinda Mak Food Servis (Evos) 41,4 milliard so‘m bilan qayd etilgan.

Kuchli uchlikni esa budjetga 24,8 milliard so‘m soliq to‘lagan Ketring kompaniyasi yakunlagan.

Shuningdek, reytingning keyingi pog‘onalaridan:

  • Oqtepa-Food Service (Oqtepa Lavash) – 20 mlrd so‘m;
  • Bellissimo Pizza International – 11,7 mlrd so‘m;
  • Good Food Catering;
  • Savdo;
  • Feedup Eco;
  • Alexander Brands va boshqa korxonalar joy olgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, eng yirik 20 ta soliq to‘lovchi umumiy ovqatlanish sohasidagi soliq tushumlarining salmoqli qismini shakllantirgan. Ular tomonidan to‘langan soliqlar tarkibida qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) yetakchilik qilgan. Ushbu ko‘rsatkich 98,4 milliard so‘mni tashkil etgan.

Bundan tashqari, byudjetga:

  • jismoniy shaxslar daromad solig‘i bo‘yicha 57,9 mlrd so‘m;
  • ijtimoiy soliq bo‘yicha 28,2 mlrd so‘m;
  • foyda solig‘i bo‘yicha 27,7 mlrd so‘m;
  • boshqa soliqlar hisobidan 3,7 mlrd so‘m mablag‘ tushgan.
1,3540

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→