“Oʻzbekneftgaz” 6 oyda 11,5 milliard kub metr gaz qazib oldi

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Oʻzbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatining birinchi yarim yillik faoliyati va yil yakunigacha boʻlgan vazifalar toʻgʻrisidagi hisobotini tingladi.

Birinchi olti oyda korxonada 11,5 milliard kub metr tabiiy gaz ishlab chiqarildi. Neft, dizel yoqilgʻisi, aviakerosin va suyultirilgan gaz ishlab chiqarish prognoz koʻrsatkichlaridan ortigʻi bilan bajarildi. Yil oxiriga qadar 1,1 million tonna benzin, 983 ming tonna dizel yoqilgʻisi, 310 ming tonna aviakerosin, 606 ming tonna suyultirilgan gaz va qariyb 1,18 million tonna sintetik mahsulotlar ishlab chiqarish rejalashtirilgan.
Alohida ta’kidlab oʻtildiki, samolyot yoqilgʻisiga boʻlgan talab iyul-dekabr oylarida geosiyosiy keskinliklar fonida Oʻzbekistonga parvozlar sonining koʻpayishi munosabati bilan unga boʻlgan ehtiyoj 375 ming tonnani tashkil etadi, bu oʻtgan yilga nisbatan 27 foizga koʻp. Asosiy qismi mahalliy neftni qayta ishlash zavodlari hisobiga, bir qismi Gruziya, Iroq va boshqa mamlakatlar importi hisobidan qoplanadi.
Geologiya-qidiruv ishlari sifatini oshirish uchun “Oʻzbekgeofizika” AJ tomonidan 38,8 million dollarga modernizatsiya – yangi seysmik majmualar va uskunalar xarid qilinishi rejalashtirilmoqda. Amerikaning Schlumberger kompaniyasi bilan birgalikda superkompyuter majmuasi va sun’iy intellektdan foydalaniladigan seysmik ma’lumotlarni qayta ishlash markazi yaratilmoqda.
Natijada yillik 3D seysmik tadqiqotlar maydoni 1800 dan 5000 kvadrat kilometrga, oʻrganish chuqurligi 4500 dan 8000 metrga, istiqbolli geologik inshootlar soni esa 19 tadan 30 taga koʻpayadi.
Prezidentimiz aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini neft mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash, korxonalarni texnologik yangilash va ishlab chiqarish tannarxini kamaytirish boʻyicha koʻrsatmalar berdi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Buxoro viloyatida 500 million dollarlik turizm klasteri barpo etiladi

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi
