Toshkentda mast yoʻlovchi avtobusning old oynasini sindirib, haydovchini kaltakladi
Jamiyat 2 avgust, 11:42

Toshkent shahrining Chilonzor tumanida mast holda yoʻlovchi 98-sonli yoʻnalishdagi avtobusda tartibsizlik keltirib, old oynasini sindirib, haydovchini kaltaklagan. Bu haqda poytaxt ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Voqea 1-avgust kuni soat 14:30 atrofida yuz bergan. 1982-yilda tugʻilgan, muqaddam sudlangan erkak avtobusda jamoat tartibini buzgan va haydovchining ishiga aralashgan. Haydovchi gʻalayonchini quvib chiqarmoqchi boʻlganida, u mushti bilan old oynaga urib sindirgan, soʻng haydovchining yuzi va boʻyniga bir necha marta zarba berib, tan jarohati yetkazgan.
Tergovga qadar tekshiruv oʻtkazilmoqda, uning natijalariga koʻra protsessual qaror qabul qilinadi.
1,4210
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
→
Tavsiya etamiz

Kökça Darvoza köçasida «yaşil to‘lqin» ishga tushirildi
5·4 noyabr, 15:01

Buxoro viloyatida 500 million dollarlik turizm klasteri barpo etiladi
38·4 noyabr, 14:29

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi
63·4 noyabr, 14:00

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi
70·4 noyabr, 13:48

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi
75·4 noyabr, 13:04