Yangiliklar/Siyosat

Oʻzbekistonning Belarusdagi yangi elchisi Minskka keldi

Siyosat 27 iyul, 17:04
Oʻzbekistonning Belarusdagi yangi elchisi Minskka keldi

Oʻzbekistonning Belarusdagi Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Nuriddin Mamajonov Minsk shahriga keldi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Mamajonov ushbu lavozimga tayinlangunga qadar Fargʻona viloyati hokimining oʻrinbosari – Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlab kelgan. U 45 yoshda. Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti va Chexiyadagi Bogemiya markaziy universitetini tamomlagan, Pragadagi Yevropa amaliy fanlar va menejment institutida biznes boshqaruvi doktori darajasiga ega.

Mamajonov Oʻzbekiston Adliya va Tashqi ishlar vazirliklarida, Germaniyadagi elchixonada va Frankfurt-Mayndagi Bosh konsullikda ish tajribasiga ega. 2022–2023-yillarda Oʻzbekistonning Xitoydagi elchixonasida savdo-iqtisodiy masalalar boʻyicha maslahatchi, Tashqi ishlar vazirligining Iqtisodiy diplomatiya boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan.

Yangi elchi 2024 yildan 2026 yilgacha ushbu lavozimda ishlab kelgan Rahmatulla Nazarov oʻrniga tayinlandi. Avvalroq Prezident Shavkat Mirziyoyev Nazarov investitsiyalarni jalb qilish va tashqi savdoni rivojlantirish masalalariga beparvo munosabatda boʻlgani uchun lavozimidan ozod etilganini ma’lum qilgandi.

6900

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→