Senat raisi Tanzila Narboyeva “El-yurt xurmati” ordeni bilan taqdirlandi

Oʻzbekiston Prezidenti Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narboyevani “El-yurt-xurmati” ordeni bilan mukofotlash toʻgʻrisidagi farmonni imzoladi. Mukofot uning tavalludining 70 yilligi munosabati bilan berildi.
Narbayeva davlat va jamiyat boshqaruvi sohasidagi koʻp yillik samarali faoliyati, parlament faoliyatini rivojlantirish va Yangi Oʻzbekistonda demokratik islohotlarni izchil amalga oshirishdagi alohida xizmatlari uchun oliy davlat mukofoti bilan taqdirlandi.
Farmonda Narbayevaning milliy davlatchilikning huquqiy asoslarini mustahkamlash, inson sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish boʻyicha ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash, shuningdek, xotin-qizlarning jamiyatdagi oʻrni va mavqeini oshirishga qoʻshgan ulkan hissasi qayd etilgan. Uning navqiron avlodni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashdagi ishtiroki, ayniqsa, alohida ta’kidlandi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Kökça Darvoza köçasida «yaşil to‘lqin» ishga tushirildi

Buxoro viloyatida 500 million dollarlik turizm klasteri barpo etiladi

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi
