Andijon viloyatida 11 yoshli maktab oʻquvchisi mashinani boshqarayotgan payti ushlandi

Andijon viloyatining Asaka tumanida yoʻl-patrul xizmati xodimlari 11 yoshli 4-sinf oʻquvchisi boshqaruvida boʻlgan Spark avtomashinasini toʻxtatdi. Oldingi oʻrindiqda uning ukasi, orqa oʻrindiqda esa otasi oʻtirgan edi. Bu haqda Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Mashina 13-iyul kuni rejalashtirilgan reyd davomida toʻxtatilgan. Tekshiruv natijalariga koʻra, otaga nisbatan transport vositasini boshqarish huquqiga ega boʻlmagan shaxsga oʻtkazganligi uchun ma’muriy bayonnoma tuzildi.
Xuddi shu reydlar davomida huquq-tartibot idoralari xodimlari tungi vaqtda ota-onasining avtomashinasini haydovchilik guvohnomasisiz yashirincha olib ketgan yigitni, shuningdek, spirtli ichimlik mastligida bir qancha haydovchilarni qoʻlga oldi.
Oʻtkazilgan reydlar natijasida 4 mingdan ortiq avtomobil jarima toʻxtash joylariga joylashtirildi. 400 dan ortiq haydovchilik guvohnomasisiz transport vositasini boshqarish, 150 dan ortiq haydovchilik guvohnomasidan mahrum boʻlgan shaxslar tomonidan transport vositalarini boshqarish, 100 ga yaqin avtomashinani qoraytirib qoʻyish va avtomobilni mast holda boshqarish bilan bogʻliq 80 ga yaqin holat qayd etilgan.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Kökça Darvoza köçasida «yaşil to‘lqin» ishga tushirildi

Buxoro viloyatida 500 million dollarlik turizm klasteri barpo etiladi

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi
