Messi 2007 yilda Yamalni choʻmgan - endi ular JCh-2026 finalida toʻqnash kelishadi

Sport 17 iyul, 12:41
Messi 2007 yilda Yamalni choʻmgan - endi ular JCh-2026 finalida toʻqnash kelishadi

2007-yil sentyabrda 20 yoshli Lionel Messi UNICEF bilan birgalikda Barselona uchun xayriya fotosessiyasida ishtirok etadi. Tashkilotchilarning soʻzlariga koʻra, u chaqaloq bilan sur’atga tushib, uni cho‘miltirishi kerak boʻladi. Fotosuratchi Joan Monfortning soʻzlariga koʻra, Messi avvaliga biroz xayajonlanadi va chaqaloqni qanday tutishni bilmaydi. Ammo bola oʻzini xotirjam tutadi va argentinalikka jilmayib ham qoʻyadi.

Yamallar oilasi xayriya tashkilotlari oʻrtasidagi tanlov gʻolibi sifatida fotosessiyada qatnashish huquqini qoʻlga kiritadi – ular “Kamp Nou”ga tashrif buyurishadi va “Barselona” futbolchilaridan biri bilan sur’atga tushishadi. Futbolchi qur’a tashlash orqali aniqlanadi. Unda Messi tushadi. Sur’atlar stadionning mehmondagi kiyinish xonasida olingan.

Jurnal nashr etilgandan soʻng, fotosuratlar deyarli unutiladi. Suratdagi goʻdak “Barselona” va Ispaniya terma jamoasi yulduziga aylanishini hatto fotografning oʻzi ham tahmin qilmaydi. 2024-yilning yozida, Yamalning otasi ushbu sur’atlarni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtiradi.

Oʻsha tasodifiy uchrashuvdan deyarli 19 yil oʻtib, Messi va Yamal 2026-yilgi jahon chempionati finalida oʻz terma jamoalari yetakchisi sifatida bir-biriga qarshi chiqishadi.

2026-yilgi jahon chempionati finali Ispaniya vs Argentina jamoalari o‘rtasida 20-iyul, Toshkent vaqti bilan 00:00 (19 iyul soat 19:00 UTC) boʻlib oʻtadi.

1,9800

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→