Har bir mahallaga taraqqiyot uchun bor-yoʻgʻi 240 milliard soʻm grant ajratiladi

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida mahallalarda yangi muhit yaratish, “mahalla yettiligi” faoliyatini yangi tamoyillar asosida tashkil etishning ustuvor vazifalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.
Prezidentimiz ijtimoiy muammolarni hal etish, ozodalikni ta’minlash, aholi daromadlarini oshirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirishda mahalla raislari tashabbuskor boʻlishi zarurligini ta’kidladi. Har bir bunday loyiha uchun “etti mahalla”ga grant tariqasida 10 million soʻm ajratiladi. Mamlakatimizdagi 8992 ta mahallaning har birida kamida bittadan shunday loyiha amalga oshirilsa, joylarda vaziyat keskin oʻzgaradi. Ushbu maqsadlar uchun ajratiladigan mablagʻlarning umumiy hajmi 240 milliard soʻmni tashkil etadi.
Mahalla raisi oʻz hududining toʻla huquqli boshqaruvchisi boʻlishi: “ettilik”ning barcha a’zolari – hokim yordamchisi, xotin-qizlar masalalari boʻyicha mutaxassis vazifasini bajaruvchi, yoshlar yetakchisi, ijtimoiy xodim, profilaktika inspektori, soliq inspektori va mahalla bankirining haftalik va oylik ish rejasini tasdiqlashi hamda ularning bajarilishini nazorat qilishi shart.
“Yettilik”ni uslubiy ta’minlash va mahalliy muammolarni hal etishga ilmiy yondashish uchun “Yettilik” a’zolarini tayyorlaydigan va dolzarb muammolarning ilmiy asoslangan yechimlarini ishlab chiqadigan Mahalla taraqqiyoti milliy instituti tashkil etiladi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Kökça Darvoza köçasida «yaşil to‘lqin» ishga tushirildi

Buxoro viloyatida 500 million dollarlik turizm klasteri barpo etiladi

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi
