Yangiliklar/Iqtisod

Markaziy bank huzurida Islom moliyasi kengashi tuzildi

Iqtisod 15 iyul, 22:22
Markaziy bank huzurida Islom moliyasi kengashi tuzildi

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzurida islom moliyasi sohasidagi faoliyatni muvofiqlashtiruvchi Islom moliyasi boʻyicha kengash tashkil etildi. U besh a’zodan iborat bo‘lib, islom huquqi boʻyicha mutaxassislar va texnik ekspertlarni o‘z ichiga oladi.

Kengash tarkibiga islom banki faoliyati bilan shugʻullanuvchi banklar, islomiy moliya xizmatlarini koʻrsatuvchi mikromoliya tashkilotlari, Omonatlarni kafolatlash agentligi va Markaziy bank nazorati ostidagi boshqa tashkilotlar kiradi.

Kengashning asosiy vazifalariga xalqaro normalar va mahalliy sharoitlarni hisobga olgan holda islom moliyasi standartlarini ishlab chiqish, tartibga solish va nazorat qilish masalalari boʻyicha Markaziy bank uchun fikr va tavsiyalar tayyorlash, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish kiradi. Kengash, shuningdek, munozarali masalalar boʻyicha tushuntirishlar beradi, banklar va mikromoliya tashkilotlari bilan maslahat uchrashuvlari oʻtkazadi, Islom moliya institutlarining buxgalteriya hisobi va auditi tashkiloti (AAOIFI) yigʻilishlarida Markaziy bank nomidan vakillik qiladi. Kengash har yili Markaziy bank boshqaruviga oʻz faoliyati toʻgʻrisida hisobot taqdim etadi.

1,3590

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→