"Bavi" toʻfoni Tayvanni qoplab, Xitoy tomon yoʻl oldi

Tayvan toʻfon tufayli oʻz faoliyatini butunlay toʻxtatdi: 917 ta xalqaro reyslar va 274 ta ichki reyslarning barchasi bekor qilindi. Deyarli barcha shahar va tumanlarda toʻfon, ofis va maktablarning yopilishi munosabati bilan dam olish kuni e’lon qilindi. Tayvanda 11-iyul holatiga koʻra, kuchli shamol va yomgʻir sharoitida hoʻl yoʻllarda boshqaruvni yoʻqotib qoʻygan mototsiklchilar asosan kamida 36 kishi jarohat olgan.
Toʻfon Yaponiyaning Sakishima orollari zanjiriga ham ta’sir qildi: Ishigakida shamol tezligi soatiga 198 km ga yetdi, havo va parom qatnovi butunlay toʻxtatildi, Okinavadagi 24 mingdan ortiq xonadonlar elektr ta’minotisiz qoldi. Tayfun markazida shamolning maksimal tezligi 144 km/soatni tashkil qilgan.
Filippinda Mindanao orolida toʻfon sabab koʻchkilar oqibatida kamida 17 kishi halok boʻldi. Xitoyning Futszyan provinsiyasida juma kuni kechqurungacha 3700 dan ortiq odam xavfli zonalardan evakuatsiya qilingan, rasmiylar esa 17 mingdan ortiq qutqaruvchini ogohlantirish holatiga keltirgan. Toʻfon Xitoyning sharqiy qismidagi oʻn millionlik Venchjou shahri tomon harakatlanmoqda va u yerga yakshanba kuni ertalab tushishi kutilmoqda.
Avvaliga Bavi soʻnggi 30 yil ichida Tayvanga tahdid soladigan eng kuchli toʻfon boʻlishi bashorat qilingan edi, ammo orolga yaqinlashganida u biroz zaiflashdi. 10-iyul oqshomida tayfun markazida shamolning maksimal tezligi 155 km/soatni tashkil etdi, 191 km/soatgacha kuchaygan. Boʻronning radiusi 380 kmni tashkik etmoqda.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Buxoro viloyatida 500 million dollarlik turizm klasteri barpo etiladi

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi
