Oʻzbekiston Prezidentining Belarusga rasmiy tashrifi yakunlandi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Belarusga rasmiy tashrifi dasturi yakunlandi. Poytaxt aeroportida oliy martabali mehmonni Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko kutib oldi.
Davlatimiz rahbari Minskda boʻlganida belaruslik hamkasbi bilan tor doirada va rasmiy delegatsiyalar a’zolari ishtirokida muzokaralar oʻtkazdi.
Davlat rahbarlari siyosiy muloqotni yanada rivojlantirish, shuningdek, parlamentlararo hamkorlikni mustahkamlash tarafdori ekanligini bildirdilar. Tomonlar koʻp qirrali hamkorlikni uzoq muddatli rivojlantirishga qat’iy sodiqliklarini tasdiqladilar va ustuvor yoʻnalishlarda yangi loyiha tashabbuslarini koʻrib chiqdilar.
Muzokaralar yakunlari boʻyicha Prezidentlar strategik sheriklik munosabatlarini oʻrnatish toʻgʻrisidagi deklaratsiyani imzoladilar. Ular ishtirokida bir qator ikki tomonlama hujjatlar almashildi.
Ommaviy axborot vositalari vakillariga qilgan bayonotlarida bu galgi rasmiy tashrif Oʻzbekiston-Belarus munosabatlari rivojida tarixiy voqea boʻlib, davlatlararo oʻzaro hamkorlikni mustahkamlashda yangi bobning boshlanishini koʻrsatayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Rasmiy tashrif yakunlangach, Oʻzbekiston Prezidenti Toshkentga uchib ketdi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Buxoro viloyatida 500 million dollarlik turizm klasteri barpo etiladi

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi
