Yangiliklar/Siyosat

Prezident Toshkent shahrining Sergeli tumaniga tashrif buyurib, shaharni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini muhokama qiladi

Siyosat 4 iyul, 10:29
Prezident Toshkent shahrining Sergeli tumaniga tashrif buyurib, shaharni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini muhokama qiladi

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4 iyul kuni Toshkent shahrining Sergeli tumaniga tashrif buyuradi. Davlat rahbari tashrif davomida viloyatda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishadi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Tashrif dasturidan Toshkent shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalari, mahallalarda xavfsiz muhit yaratish masalalari muhokamasi oʻrin olgan.

Eslatib oʻtamiz, Sergeli tumani poytaxtimizning eng jadal rivojlanayotgan tumanlaridan biridir. Keyingi yillarda bu yerda, jumladan, Toshkent shahrini kompleks rivojlantirish dasturi doirasida qator yirik infratuzilma va uy-joy qurilishi loyihalari amalga oshirildi.

8910

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→