Navoiyda erkak olti oylik oʻgʻlini oʻldirdi — sud uni 15 yilga ozodlikdan mahrum qildi

Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida o‘zining olti oylik farzandini o‘ldirgan 33 yoshli F.N.ga nisbatan sud hukmi o‘qildi. Sud uni qasddan odam o‘ldirishda aybdor deb topib, 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum qildi.
Fojia shu yilning yanvar oyida sodir bo‘lgan. Erkak dam olish uchun xonaga kirgan va yig‘layotgan o‘g‘lidan g‘azablangan. U qarindoshlarining ko‘z o‘ngida go‘dakning og‘ziga paypoq tiqib, bir necha marta qo‘llaridan ushlab silkitgan, natijada bolaning boshi divanning yog‘och qismiga urilgan. Shundan so‘ng klinik o‘lim holati yuz bergan.
Sud-tibbiy ekspertizasi xulosasiga ko‘ra, o‘lim miyaning qattiq va yumshoq pardalari ostiga hamda miyachaga qon quyilishi, miya va o‘pka shishi, shuningdek, o‘tkir nafas yetishmovchiligi oqibatida sodir bo‘lgani aniqlandi.
Hukm O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismining “v” va “j” bandlarida nazarda tutilgan qasddan odam o‘ldirish jinoyati bo‘yicha chiqarilgan.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Kökça Darvoza köçasida «yaşil to‘lqin» ishga tushirildi

Buxoro viloyatida 500 million dollarlik turizm klasteri barpo etiladi

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi
