Yangiliklar/Siyosat

Oʻzbekistonda mustaqillikning 35 yilligiga yodgorlik belgisi tasdiqlandi

Siyosat 26 iyun, 12:22
Oʻzbekistonda mustaqillikning 35 yilligiga yodgorlik belgisi tasdiqlandi

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25-iyun kuni “Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligiga 35 yil” yodgorlik belgisini ta'sis etish toʻgʻrisida”gi qarorni imzoladi.

Mukofot koʻp yillik fidokorona mehnati, yuksak kasb mahorati va jamiyat hayotidagi faol ishtiroki bilan xalq hurmatiga sazovor boʻlgan, mamlakatimiz mustaqilligi, iqtisodiy qudrati va xalqaro nufuzini mustahkamlashga munosib hissa qoʻshgan fuqarolarga beriladi.

Vazirlar Mahkamasiga bir oy muddatda yodgorlik belgilari va ular uchun sertifikatlar ishlab chiqarilishini belgilangan tartibda ta’minlash topshirildi. Farmonning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir A.N. Aripov va Prezident Administratsiyasi rahbari S.Sh. Mirziyoyev yuklatildi.

Oʻzbekiston mustaqilligining 35 yilligini 2026-yil 1-sentabr kuni nishonlaydi.

3580

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→