O‘zbekistonda 425 ta kompaniya jamoat ahamiyatiga ega deb tan olindi

O‘zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi jamoat ahamiyatiga ega tashkilotlar (Public Interest Entities — PIE) reyestrini e’lon qildi. Ro‘yxatga 425 ta kompaniya kiritilgan.
Reyestr Prezidentning 2025-yil 15-sentabrdagi qaroriga muvofiq Markaziy bank bilan hamkorlikda shakllantiriladi va har yili 1-iyulgacha gov.uz hamda ochiq ma’lumotlar portalida e’lon qilinadi.
Reyestr tarkibi quyidagicha:
- 96 ta — fond birjasida listingda bo‘lgan tashkilotlar;
- 226 ta — banklar, mikromoliya, to‘lov va moliya tashkilotlari;
- 14 ta — investitsiya fondlari va birjalar;
- 44 ta — davlat ulushi 50% dan yuqori bo‘lgan korxonalar;
- 132 ta — aktivlari yoki daromadi 412 mlrd so‘mdan yuqori va 500 dan ortiq xodimga ega yirik kompaniyalar.
Ro‘yxatga Korzinka, Uzum, Click, payme, TBC, Artel Electronics, Akfa Building Materials, Sanoat Energetika Guruhi, Coca-Cola Ichimligi Uzbekistan kabi kompaniyalar ham kiritilgan.
Mazkur maqomga ega kompaniyalar kiritilgan yildan keyingi yilning 1-yanvaridan boshlab moliyaviy hisobotni xalqaro standartlar — MSFO asosida yuritishi shart. Ikkinchi yil yakunida esa ular moliyaviy hisobotni auditor xulosasi bilan birga e’lon qilishi kerak bo‘ladi. Aksariyat kompaniyalar uchun bu 2027-yildan o‘tish va 2028-yil yakunlari bo‘yicha hisobotni ochiqlashni anglatadi.
PIE maqomi kompaniyalar uchun moliyaviy hisobdorlik, audit va korporativ boshqaruv bo‘yicha alohida talablarni belgilaydi. Bu maqom yuqori ijtimoiy va iqtisodiy ta’sirga ega korxonalarga beriladi.
Shu bilan birga, ayrim yirik kompaniyalar reyestrga kiritilmagan. Jumladan, Yandex va uning sho‘ba tuzilmalari, Wildberries, UzIMEI, CRPT Turon va Tashkent Tobacco ro‘yxatdan joy olmagan.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Kökça Darvoza köçasida «yaşil to‘lqin» ishga tushirildi

Buxoro viloyatida 500 million dollarlik turizm klasteri barpo etiladi

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi
