Yoshlar uchun davlat xizmatiga kirish osonlashtiriladi

2026-yil 1-iyuldan boshlab O‘zbekistonda yoshlarni davlat xizmatiga qabul qilishning yangi tartibi joriy etiladi. O‘zgarishlar nomzodlarni yagona va shaffof asosda saralashga qaratilgan.
Davlat organlari suhbat savollarini o‘zining rasmiy veb-saytida kamida bir oy oldin e’lon qilishi shart. Oldindan e’lon qilinmagan savollardan foydalanish taqiqlanadi. Shuningdek, ish tajribasi talab qilinmaydigan va ichki tanlovlar o‘tkazilmaydigan lavozimlar ro‘yxati tasdiqlanadi.
Ayrim boshqa lavozimlar uchun esa ish staji talabi saqlanadi, biroq u umumiy yoki mutaxassislik bo‘yicha ikki yildan oshmasligi kerak. Yangi tartib prezident qarori bilan belgilangan bo‘lib, «Yangi O‘zbekiston yoshlari — 2030» strategiyasi doirasida amalga oshiriladi. Hujjat yoshlar bandligini kengaytirish va ularning mehnat bozoriga chiqishini yengillashtirishga qaratilgan.
Bundan tashqari, professional ko‘nikmalarni baholash tizimini joriy etish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar uchun ta’limni qo‘llab-quvvatlash rejalashtirilgan.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Kökça Darvoza köçasida «yaşil to‘lqin» ishga tushirildi

Buxoro viloyatida 500 million dollarlik turizm klasteri barpo etiladi

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi
