Andijon viloyatida maktab oʻquvchisi “Andijon polka”ga ketayotib, yoʻlda sodir boʻlgan baxtsiz hodisa oqibatida halok boʻldi

Andijon viloyatining Asaka tumanida maktab o‘quvchilari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Natijada bir o‘quvchi halok bo‘ldi, yana bir necha nafar bola jarohat oldi.
Hodisa 23-iyun kuni sodir bo‘lgan. O‘quvchilar ketayotgan Damas avtomobili ZIL yuk mashinasi bilan to‘qnashgan. Viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, bolalar «Andijon polkasi» tadbiriga yo‘l olayotgan bo‘lgan.
Rasmiylarga ko‘ra, o‘quvchilarni tashish uchun alohida avtobus ajratilgan. Biroq bir guruh o‘quvchilar mustaqil ravishda yengil avtomobilda yo‘lga chiqqan.
To‘qnashuvdan so‘ng jabrlanganlar shifoxonaga yetkazilgan. Shifokorlar ko‘rsatgan yordamga qaramay, o‘quvchilardan biri vafot etgan. Qolganlarning ahvoli barqaror deb baholanmoqda. Mazkur YTH yuzasidan Asaka tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.
Avvalroq Andijonda Turkiy dunyoning madaniy poytaxti — 2026 dasturi doirasida Andijon polkasi aksiyasi o‘tkazilgan edi. Tadbirda 20 ming kishi ishtirok etib, u Giness rekordlar kitobiga kiritilgan. Ishtirokchilar orasida maktab o‘quvchilari ham bo‘lgan.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Kökça Darvoza köçasida «yaşil to‘lqin» ishga tushirildi

Buxoro viloyatida 500 million dollarlik turizm klasteri barpo etiladi

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi
