Meta Kylie Jenner bilan hamkorlikda sun’iy intellektga ega aqlli koʻzoynaklarni chiqardi

Meta yangi avlod aqlli ko‘zoynaklari — Meta Glasses’ni taqdim etdi. Uchta modeldan biri kompaniya tomonidan Kayli Jenner bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan.
Ko‘zoynaklar 12 MP kamera va o‘rnatilgan sun’iy intellekt bilan jihozlangan. Avtonom ishlash vaqti 48 soatgacha: 8 soat zaryadsiz va yana 40 soat zaryadlash g‘ilofi bilan.

Uchta variant mavjud:
- Adventurer — to‘g‘ri burchakli shakl
- Fury — burchakli dizayn
- Glasses by Kylie — nozik ramka, metall elementlar va bezak toshi bilan
Narxlar 299 dollardan boshlanadi. Kayli Jenner modeli 100 dollar qimmatroq turadi. Har bir modelga dioptriyali yoki rangli linzalar o‘rnatish mumkin — jami 26 ta variant mavjud.
Texnik xususiyatlarga ko‘ra, yangilik 2025 yildagi ikkinchi avlod Ray-Ban Meta ko‘zoynaklariga yaqin. Rejalashtirilgan yuzni aniqlash funksiyasi maxfiylik sabab bekor qilingan.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Kökça Darvoza köçasida «yaşil to‘lqin» ishga tushirildi

Buxoro viloyatida 500 million dollarlik turizm klasteri barpo etiladi

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi
