O‘zbekistonda 6 ta IT-park quriladi: birinchisi Namanganda boshlandi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga tashrifi doirasida Yangi Namanganda barpo etilayotgan IT-park uchun birinchi tosh qo‘yish marosimida ishtirok etdi. Bu loyiha mamlakat bo‘ylab qurilishi rejalashtirilgan 6 ta IT-parkdan birinchisi hisoblanadi.
Loyiha Xitoy hamkorlari bilan birgalikda amalga oshirilmoqda. Umumiy qiymati 117 million dollarni tashkil etadi. 1,7 gektar maydonda 17 qavatli, qariyb 18 ming kvadrat metrli zamonaviy majmua quriladi. Obyekt “kalit topshirish” asosida — loyihalashdan tortib jihozlashgacha — to‘liq tayyor holda topshiriladi.
IT-park hududida ta’lim va eksport markazlari, koverking maydonlari, startap-akselerator hamda xorijiy kompaniyalar ofislari joylashadi. Natijada Namangan yoshlari uchun qariyb 2 ming yangi ish o‘rni yaratiladi. Kelgusida hududda IT xizmatlar hajmini yiliga 500 mlrd so‘mga, eksportni esa 30 mln dollarga yetkazish rejalashtirilgan.
Shunga o‘xshash IT-parklar Samarqand, Chirchiq, Nurafshon, Urganch va Navoiyda ham barpo etiladi.
Uchrashuvda qayd etilishicha, yil boshidan buyon Namangan viloyatiga 2 mlrd dollar xorijiy investitsiya jalb qilingan. Umumiy qiymati 1,8 mlrd dollar bo‘lgan 20 ta yangi ishlab chiqarish loyihasi ishga tushirilmoqda. Ular 6,5 mingta ish o‘rni yaratadi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Kökça Darvoza köçasida «yaşil to‘lqin» ishga tushirildi

Buxoro viloyatida 500 million dollarlik turizm klasteri barpo etiladi

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi
