Yangiliklar/Jamiyat

Toshkent metrosida Uklon bannerlari kelishuvsiz oʻzgartirgani uchun jarimaga tortildi

Jamiyat 22 iyun, 10:08
Toshkent metrosida Uklon bannerlari kelishuvsiz oʻzgartirgani uchun jarimaga tortildi

Toshkent metropoliteni Uklon xizmatiga tegishli 20 dan ortiq reklama bannerlarini olib tashladi. Sababi — kompaniya ularning ko‘rinishini yer osti transporti rahbariyati ruxsatisiz o‘zgartirgan.

O‘zbekistonda faoliyat boshlaganiga uch yil to‘lishi munosabati bilan Uklon ko‘cha rassomi Inkuzartni jalb qilgan. 21-iyun kechasi u bannerlarga tort, yurak rasmi va “Tug‘ilgan kun bilan!” yozuvini qo‘shgan. Shuningdek, aksiya matni ham o‘zgargan — “birinchi safar” o‘rniga “ilk 3 ta safar” paydo bo‘lgan.

Metropoliten kameralarida rassom va kompaniya marketologi Artyom Li qayd etilgan. U aksiyani o‘zi ishlab chiqqanini tan olib, bunday ishlarni kelishish kerakligini bilmaganini aytgan.

Har ikki shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan. Metropoliten hukumatning №535-son qaroriga tayangan, unga ko‘ra metropoliten obyektlarida rahbariyat ruxsatisiz har qanday yozuv va tasvirlarni joylashtirish taqiqlanadi.

Inkuzart — Toshkentdagi eng mashhur ko‘cha rassomlaridan biri. Uni mahalliy Benksi deb atashadi: uning ishlari odatda tunda paydo bo‘ladi, muallif shaxsini oshkor qilmaydi va ko‘pincha dolzarb ijtimoiy mavzularni ko‘taradi.

5130

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→