Yangiliklar/Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Qatar Amiriga Ras-Laffandagi zavoddagi portlashdan soʻng hamdardlik bildirdi

Siyosat 22 iyun, 20:10
Shavkat Mirziyoyev Qatar Amiriga Ras-Laffandagi zavoddagi portlashdan soʻng hamdardlik bildirdi

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qatar Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyga Ras-Laffan sanoat zonasidagi Barzan gazni qayta ishlash zavodida odamlar halok boʻlgani munosabati bilan hamdardlik bildirdi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Fojia 21-iyun kuni kechqurun Doha yaqinida sodir boʻlgan. Portlash va undan keyingi yongʻin natijasida kamida 13 kishi halok boʻldi, 66 kishi yaralandi. QatarEnergy hodisani ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish paytidagi "texnik hodisa" sifatida baholadi.

Shavkat Mirziyoyev halok boʻlganlarning oila a’zolariga chuqur hamdardlik bildirib, jabrlanganlarning tezroq sogʻayib ketishini tiladi.

Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotlariga koʻra, qurbonlar va jarohatlanganlar orasida mamlakat fuqarolari yoʻq. Oʻzbekistonning Dohadagi elchixonasi Qatarning vakolatli organlari bilan doimiy aloqada.

4170

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→