Yangiliklar/Iqtisod

Soliq qoʻmitasi qurilish sohasida eng yirik qarzdorlar nomini e’lon qildi

Iqtisod 19 iyun, 13:52
Soliq qoʻmitasi qurilish sohasida eng yirik qarzdorlar nomini e’lon qildi

O‘zbekistonda qurilish sohasidagi kompaniyalar orasida yirik soliq qarzdorlari ro‘yxati e’lon qilindi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 2026 yil 1 iyun holatiga ushbu sohada umumiy qarzdorlik 2,5 trln so‘mga yetgan.

Soliq qo‘mitasi ma’lum qilishicha, hozirda 100 mln so‘mdan ortiq soliq qarziga ega qurilish korxonalari soni 1964 tani tashkil etadi.

Qarzlarning asosiy qismi yirik kompaniyalar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Xususan, 10 ta korxona 618,6 mlrd so‘m — ya’ni umumiy qarzning 24,1 foizini jamlagan.

Eng katta qarzdorlar ro‘yxatiga quyidagilar kiritildi:

  • AZIYA INVEST FAVORITI — 140,2 mlrd so‘m
  • TASH CONSTRUCTIONS HOUSE — 102,4 mlrd so‘m
  • OQBULOQ OBOD GUZARI — 92 mlrd so‘m
  • TAMIRLASH QURISH SERVIS — 76,7 mlrd so‘m
  • AGRO ASIA TRADE SERVIS — 39,8 mlrd so‘m
  • GRAND ROAD TASHKENT — 38,2 mlrd so‘m
  • USTA OBID BREND — 37,9 mlrd so‘m
  • OLTIN BALIQ — 33,2 mlrd so‘m
  • NATIONAL ROAD INVEST — 29,4 mlrd so‘m
  • DSK BINOKOR — 28,8 mlrd so‘m

Hududlar kesimida eng yuqori qarzdorlik Toshkent shahrida kuzatilgan — 817,4 mlrd so‘m. Undan keyingi o‘rinlarda:

  • Andijon viloyati — 329,1 mlrd so‘m
  • Toshkent viloyati — 304,5 mlrd so‘m

Qurilish sohasi bo‘yicha soliq qarzlari yuqori darajada saqlanib qolmoqda.

5240

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→