“Adolat” partiyasi yetakchisi Robaxon Mahmudova Oliy sud raisi etib saylandi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Robaxon Anvarovna Mahmudovani Oliy sud raisi lavozimiga tasdiqladi. Mazkur masala prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan kiritilgan taqdimnoma asosida Senat Kengashi yig‘ilishida ko‘rib chiqildi.
Muhokama yakunida senatorlar Mahmudovani sudya sifatida muddatsiz faoliyat yuritishga, shuningdek Oliy sud raisi lavozimiga besh yil muddatga saylash to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Mazkur tayinlov Oliy sudning avvalgi raisi Baxtiyor Islomov lavozimidan ozod etilganidan so‘ng amalga oshirildi.
Robaxon Mahmudova 2024 yil yanvar oyidan buyon “Adolat” sotsial-demokratik partiyasiga rahbarlik qilib kelayotgan edi. Bungacha u 2020 yil iyuldan boshlab Oliy sud raisining birinchi o‘rinbosari hamda ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimida ishlagan.
U 2023-yilgi muddatidan oldin o‘tkazilgan prezident saylovlarida “Adolat” partiyasidan nomzod sifatida ishtirok etib, saylovchilarning 4,43 foiz ovozini olgan.
Faoliyati davomida Mahmudova sud tizimida turli lavozimlarda ishlagan, jumladan Farg‘ona viloyati sudida rahbarlik qilgan hamda davlat boshqaruvi organlarida tajriba orttirgan.
Yangi tayinlov sud-huquq tizimini isloh qilish, ochiqlikni oshirish va korrupsiyaga qarshi kurashni kuchaytirish jarayonlari davom etayotgan bir paytga to‘g‘ri kelmoqda.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Kökça Darvoza köçasida «yaşil to‘lqin» ishga tushirildi

Buxoro viloyatida 500 million dollarlik turizm klasteri barpo etiladi

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi
