Oʻzbekiston muxlislari JCh‑2026da Markaziy Osiyo davlatlari bayroqlarini koʻtardi

Sport 17 iyun, 14:24
Oʻzbekiston muxlislari JCh‑2026da Markaziy Osiyo davlatlari bayroqlarini koʻtardi

Jahon chempionati‑2026 o‘yinlari vaqtida Oʻzbekiston terma jamoasi muxlislari stadion tribunalarida Markaziy Osiyo davlatlari bayroqlarini ko‘tardi.

Muxlislar nafaqat Oʻzbekiston bayrogʻini, balki Qozogʻiston, Qirgʻiziston va boshqa davlatlar ramzlarini ham yonma-yon namoyish qildi. Ushbu kadrlar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi.

Muxlislarning aytishicha, aksiya mintaqa xalqlari oʻrtasidagi yaqinlik va hamjihatlikni ifodalaydi. Ularning fikricha, Oʻzbekistonning jahon chempionatidagi ishtiroki butun Markaziy Osiyo uchun muhim voqea sifatida qabul qilinmoqda.

Oʻzbekistonning mundialdagi ilk ishtiroki mintaqa futboli uchun tarixiy bosqich boʻldi. Ilgari Markaziy Osiyo jamoalarining final bosqichiga chiqishi qiyin vazifa sifatida qaralgan.

AQShda yashovchi muxlislar ham jamoani faol qoʻllab-quvvatladi. Oʻzbekiston terma jamoasi kelgach, ularni turli davlatlardan kelgan muxlislar kutib oldi. Bayroqlar bilan fotosessiyalar va kichik tadbirlar oʻtkazildi.

Shuningdek, Nyu‑Yorkdagi Times Square maydonida qozogʻistonlik va qirgʻizistonlik muxlislar Oʻzbekiston bayrogʻini yozib, jamoani qoʻllab-quvvatlashdi.

5230

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→