O‘zbekistonda eski avtomobillarni utilizatsiya qilish va ekoto‘lov joriy etilishi mumkin

O‘zbekistonda foydalanish muddati tugagan avtomobillarni utilizatsiya qilish tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda. Prezident qarori loyihasi 28-iyungacha jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.
Tizim bosqichma-bosqich joriy qilinadi:
- 2026-yildan — yengil avtomobillar uchun;
- 2027-yildan — avtobuslar, mikroavtobuslar va yuk mashinalari uchun;
- 2030-yildan — barcha transport vositalari uchun.
2027-yil 1-yanvardan 30 yildan oshgan avtomobillar egalari har yili ekologik kompensatsiya to‘lashi mumkin. Uning miqdori 30 bazaviy hisoblash miqdori, ya’ni taxminan 12,36 mln so‘m etadi.
Shuningdek, chiqindisi yuqori bo‘lgan avtomobillarni ishlatish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish taqiqlanishi mumkin. Bunday transport vositalari davlat hisobidan chiqariladi. Istisno — kolleksion (antikvar) avtomobillar.
Utilizatsiya jarayoni elektron tizim orqali amalga oshiriladi. Avval avtomobil baholanadi, keyin utilizatsiyaga topshiriladi. Egasiga pul yoki yangi avtomobil xarid qilish uchun chegirmali vaucher berilishi mumkin.
10 yildan kichik avtomobillarni esa tiklash yoki eksport qilish mumkin bo‘ladi, agar ular xavfsizlik talablariga mos kelsa.
Loyihada, shuningdek, utilizatsiya va qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalar uchun subsidiya ajratish ham nazarda tutilgan.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Kökça Darvoza köçasida «yaşil to‘lqin» ishga tushirildi

Buxoro viloyatida 500 million dollarlik turizm klasteri barpo etiladi

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi
