Toshkent viloyatida 344 ta yoʻl harakati qoidalarini buzgan Spark topildi

Toshkent viloyatida Majburiy ijro byurosi xodimlari uzoq vaqt davomida qidiruvda bo‘lgan “Spark” rusumli avtomashinani aniqladi. Transport vositasi Angren shahrida jarimalarni to‘lamagan avtomobillarni aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan reydlar davomida topildi.
Ma’lum bo‘lishicha, ushbu avtomobil bilan bog‘liq 344 ta yo‘l harakati qoidabuzarligi qayd etilgan. Jarimalarning umumiy summasi 175 million so‘mdan oshgan. Ularning katta qismi o‘z vaqtida to‘lanmagani sababli ijro ish yurituvi boshlangan. Shu bilan birga, avtomobilning o‘zi uzoq vaqt davomida aniqlanmay kelgan.
Ichki ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, qoidabuzarliklarning asosiy qismi avtomatik foto va video qayd etish moslamalari orqali aniqlanadi. Bular orasida tezlikni oshirish, svetoforning taqiqlovchi signalida o‘tish va boshqa holatlar mavjud.
2025-yildan boshlab mamlakatda jarima ballari tizimi joriy etilgan bo‘lib, u haydovchilar ustidan nazoratni kuchaytiradi hamda takroriy va tizimli qoidabuzarliklar uchun haydovchilik huquqidan mahrum etish imkonini beradi.
Tavsiya etamiz

Uzbekistan Airways Rossiyaga reyslarni kamaytirmoqda

O‘zbekistonda saraton kasalliklarini davolash tizimi yangilanadi

Oʻzbekistonda har bir sayyoh uchun toʻlovlar yoʻlga qoʻyiladi

Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Yun Sek Yol dron ishi boʻyicha 30 yilga qamaldi
