Temiryo‘l xodimi Karasu kanalidan ikki bolani qutqardi

Toshkentda temiryoʻl xodimi Qorasuv kanaliga tushib ketgan ikki qizni qutqarib qoldi. Bu haqda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ matbuot xizmati xabar berdi.
Voqea 9-iyun kuni Sergeli tumanidan o‘tuvchi Qorasuv kanali yaqinida sodir bo‘lgan. Shu paytda yaqin hududda ishlayotgan yo‘l montyori A’zam Ibrohimov suvda oqim olib ketayotgan ikki qizni payqagan. Ular yordam so‘rab baqirayotgan bo‘lgan. Xodim darhol kanalga tushib, bolalarni suvdan olib chiqdi. Uning tezkor harakati tufayli bolalar omon qolgan. Hodisa ortidan ijtimoiy tarmoqlarda voqea joyidan olingan video tarqaldi. Unda ko‘prik yaqinidagi hudud xavfli ekani ko‘rinadi.
“Temir yo‘llari” vakillari A’zam Ibrohimovni rag‘batlantirdi. Unga tashakkurnoma, esdalik sovg‘asi va pul mukofoti topshirildi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Buxoro viloyatida 500 million dollarlik turizm klasteri barpo etiladi

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi
