“Chinor” metrosi 50 kunga yopiladi

Toshkentdagi “Chinor” metro bekati 13-iyundan boshlab vaqtincha yopiladi. Bekat 50 kun davomida yo‘lovchilar uchun ishlamaydi. Bu rekonstruksiya ishlarini xavfsiz va to‘liq amalga oshirish uchun zarur, deya xabar berdi metropoliten matbuot xizmati.
Reja asosida bekat infratuzilmasi yangilanadi. Eng avvalo, kirish va chiqish joylari kengaytiriladi. Bu yo‘lovchilar oqimini tartibga solish va tig‘iz vaqtlarda navbatlarni kamaytirishga xizmat qiladi.
Harakati cheklangan odamlar, keksa yoʻlovchilar va bolali ota-onalar uchun moʻljallangan toʻrtta lift oʻrnatiladi. Shuningdek, 12 ta yangi turniket qo‘yiladi.
Rekonstruksiya jarayonida Chinor va Yangihayot oʻrtasida maxsus avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyiladi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Buxoro viloyatida 500 million dollarlik turizm klasteri barpo etiladi

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi
