Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi fuqarolarga xorijda konsullik xizmatlaridan foydalanish uchun yangi ilovani ishga tushirdi

Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi xorijdagi fuqarolar uchun rasmiy Consular Services mobil ilovasini ishga tushirdi. Ilova orqali fuqarolar mamlakatga qaytish uchun ariza topshirishi, shuningdek vaqtinchalik yoki doimiy konsullik roʻyxatidan oʻtishi mumkin.
Servisda Oʻzbekistonning barcha elchixonalari va konsulliklarining manzillari, aloqa ma’lumotlari hamda geolokatsiyasi jamlangan. Konsullik okrugini aniqlash funksiyasi orqali foydalanuvchilar qaysi diplomatik vakolatxona ularning hududiga xizmat koʻrsatishini bilishi mumkin. Arizalar qisman avtomatik toʻldiriladi: tizim zarur ma’lumotlarning 80 foizigacha kiritadi, bu esa hujjat topshirishni yengillashtiradi.
Ilovada Oʻzbekiston fuqarolari uchun turli davlatlarning viza talablari bo‘yicha ma’lumotlar bo‘limi mavjud. Hozircha u sinov rejimida ishlamoqda va bosqichma-bosqich yangilanadi. TIV ma’lumotiga ko‘ra, ilovadagi xizmatlar roʻyxati keyinchalik kengaytiriladi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Buxoro viloyatida 500 million dollarlik turizm klasteri barpo etiladi

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi

Özbekistan banklari kapitali 152,9 trillion sömdan oşdi
