AQSh tezlashtirilgan vizani joriy etadi

AQSh turist va biznes vizalarini tezlashtirilgan tartibda rasmiylashtirish bo‘yicha pilot dastur ishga tushiradi. Bu haqda Associated Press xabar berdi.
Yangi tartibga ko‘ra, arizachilar qo‘shimcha $750 to‘lab, vizaga suhbat sanasini 10 kun ichida olishi mumkin. Ushbu summa amaldagi $185 konsullik yig‘imidan alohida to‘lanadi.
Dastur 2026-yil 1-iyuldan 31-dekabrgacha amal qiladi. U dastlab faqat ayrim elchixonalar va konsulliklarda joriy etilishi kutilmoqda.
Qo‘shimcha to‘lov faqat suhbatga tezroq yozilish imkonini beradi. Vizani berish yoki rad etish qarori avvalgidek umumiy tartib asosida qabul qilinadi.
Mazkur qaror so‘nggi yillarda yuzaga kelgan uzun navbatlar muammosi bilan bog‘liq. Ayrim mamlakatlarda vizaga suhbatni kutish muddati bir necha oy davom etmoqda.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Kökça Darvoza köçasida «yaşil to‘lqin» ishga tushirildi

Buxoro viloyatida 500 million dollarlik turizm klasteri barpo etiladi

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi
