Qarshi viloyatidagi yoqilgʻi quyish shoxobchasida portlash sodir boʻldi

Bugun, 8-iyun kuni soat 13:50 atrofida Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida portlash yuz berdi. Hodisa “Chaman” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan maishiy gaz ballonlariga suyultirilgan gaz quyish shoxobchasida sodir bo‘lgan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, voqea haqida xabar kelib tushishi bilanoq qutqaruv bo‘linmalari zudlik bilan hodisa joyiga yetib borgan.
Portlash ortidan yong‘in yuzaga kelgan. Ayni paytda maxsus xizmatlar uni bartaraf etish va nazoratga olish choralarini ko‘rmoqda.
Dastlabki ma’lumotlarda hodisa aynan suyultirilgan gaz bilan ishlaydigan shoxobchada sodir bo‘lgani qayd etilgan. Hozircha jabrlanganlar yoki yetkazilgan zarar haqida rasmiy ma’lumot berilmagan.
Vakolatli idoralar hodisa sabablarini aniqlash bo‘yicha o‘rganish olib borayotganini, qo‘shimcha ma’lumotlar keyinroq taqdim etilishini bildirdi. 1
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Kökça Darvoza köçasida «yaşil to‘lqin» ishga tushirildi

Buxoro viloyatida 500 million dollarlik turizm klasteri barpo etiladi

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi
