O‘zbekistonda 2026–2027 o‘quv yili uchun qabul boshlandi

O‘zbekistonda 2026–2027 o‘quv yili uchun oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga qabul jarayoni rasman boshlandi. Abituriyentlar 25-iyungacha test sinovlarida ishtirok etish uchun onlayn tarzda ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
Qabul prezidentning PF-81-son farmoniga muvofiq yangi tartibda — «avval test, so‘ng tanlov» tamoyili asosida amalga oshiriladi. Bu tizim abituriyentlarga avval test topshirib, keyinchalik yo‘nalish tanlash imkonini beradi.
Birinchi bosqichda, ya’ni 5-iyundan 25-iyungacha, abituriyentlar Bilimni baholash agentligining rasmiy sayti orqali ro‘yxatdan o‘tadi. Jarayon davomida fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududi tanlanadi. Alohida iqtidor talab etiladigan yo‘nalishlarga hujjat topshirayotgan abituriyentlar qo‘shimcha ravishda aniq ta’lim yo‘nalishi va ijodiy yoki kasbiy imtihon topshiriladigan oliygohni ham belgilashi kerak bo‘ladi.
Kirish test sinovlari iyul–avgust oylarida o‘tkaziladi. Natijalar test topshirilgan kunning ertasiga e’lon qilinadi. Imtihonlar yakunlangach, abituriyentlarga 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat yo‘nalishi, ta’lim shakli hamda ustuvorlik tartibini tanlash imkoniyati beriladi. Talabalikka tavsiya etilganlar ro‘yxati esa ushbu bosqich tugaganidan so‘ng bir hafta ichida e’lon qilinadi.
Qabul jarayonida abituriyentlarga yordam berish maqsadida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda barcha oliy ta’lim muassasalarida «Qabul-2026» shtablari tashkil etildi. Ushbu shtablar orqali maslahat va amaliy yordam ko‘rsatiladi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Kökça Darvoza köçasida «yaşil to‘lqin» ishga tushirildi

Buxoro viloyatida 500 million dollarlik turizm klasteri barpo etiladi

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi
