Chodaksayda cho‘kib ketgan yigitning jasadi 8 kundan so‘ng topildi

Namangan viloyati Pop tumanidagi Chodoqsay daryosida cho‘kib ketgan yigitning jasadi sakkiz kundan so‘ng topildi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Avvalroq, 28-may kuni 24 yoshli yigit oila a’zolari bilan dam olayotgan paytda ruxsat etilmagan joyda suvga tushib, oqim ta’sirida oqib ketgani haqida xabar berilgandi. Qidiruv ishlari bir haftadan ortiq davom etdi. Ular suv yuzasida ham, suv ostida ham olib borildi. Qidiruv jarayoniga viloyat FVB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Akmaljon O‘rinboyev rahbarlik qildi. Yigitning jasadi 4-iyun kuni topildi.
Boshqarma suv havzalarida xavfsizlik choralariga rioya qilish, taqiqlangan joylarda suzmaslik zarurligini eslatdi. "Bir lahzalik ehtiyotsizlik jiddiy va qaytarib boʻlmaydigan oqibatlarga olib kelishi mumkin", deb ta’kidladi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Kökça Darvoza köçasida «yaşil to‘lqin» ishga tushirildi

Buxoro viloyatida 500 million dollarlik turizm klasteri barpo etiladi

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi
