Toshkentda shifokor talaba amaliyotchilarga jinsiy takliflar bergani ma’lum bo‘ldi

Toshkentda talaba-amaliyotchilarga nisbatan nomaqbul harakatlarda ayblangan shifokor hibsga olindi. Bu haqda sud qaroriga tayanib, Kun.uz xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 33 yoshli erkak xususiy klinikalardan birida urolog bo‘lib ishlaydi. Mart oyida u amaliyotga kelgan talaba qizga u bilan yaqin munosabatga kirishni taklif qilgan. Aprel oyida esa yana bir holat qayd etilgan: u boshqa talaba qizga bosim o‘tkaza boshlagan. Shifokor qiz unga yoqishini, unga uylanmoqchi ekanini aytgan va amaliyotdagi dars qoldirishlarini ijobiy baho bilan yopib berishni va’da qilgan.
Sud jarayonida erkak aybini qisman tan oldi. U birinchi holat bo‘yicha ayblovlarni rad etdi, ikkinchi holatda esa “qizni chin dildan yoqtirib qolganini” bildirdi. Jabrlanganlar unga nisbatan qonuniy choralar ko‘rilishini so‘rashdi. Qizlardan biri shifokor bilan yozib olingan suhbatni taqdim etdi.
Olmazor tumani jinoyat ishlari bo‘yicha sudi shifokorni jinsiy tegajog‘likda aybdor deb topdi. Unga ma’muriy jazo sifatida 5 sutka qamoq jazosi tayinlandi.
Telegramga obuna böling
Sönggi yangiliklar bilan tanişing
Tavsiya etamiz

Kökça Darvoza köçasida «yaşil to‘lqin» ishga tushirildi

Buxoro viloyatida 500 million dollarlik turizm klasteri barpo etiladi

Britaniyalik sayyöh 28 yillik piyoda sayohatdan söng uyiga qaytdi

Özbekiston Dakar Olimpiadasida kumuş va bronza medallarni qölga kiritdi
