Yangiliklar/Jamiyat

Surxondaryoda guvohnomasiz o‘smirlar tungi poyga uyushtirdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Jamiyat 3 iyun, 16:09
Surxondaryoda guvohnomasiz o‘smirlar tungi poyga uyushtirdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida tungi poygadan so‘ng o‘lim bilan yakunlangan yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Ikki nafar yosh yigit haydovchilik guvohnomasisiz avtomobil boshqarib, o‘zaro poyga qilgan.

Voqea 28-may kuni soat 23:50 atrofida Chaqir mahallasida sodir bo‘lgan. Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ma’lumotiga ko‘ra, Damas avtomobilini 17 yoshli o‘smir boshqargan. Uning yonida yana to‘rt nafar tengdoshi bo‘lgan.

Nexia rulida esa ularning 20 yoshli tanishi bo‘lgan, unda ham haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan.

Harakat vaqtida ikki haydovchi bitta yo‘nalishda tezlik bo‘yicha bellasha boshlagan. Natijada yo‘l-transport hodisasi yuz bergan. Halokat oqibatida Damas haydovchisi va Nexia’dagi bir yo‘lovchi vafot etgan. Qolganlar turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yetkazilgan.

Aniqlanishicha, Nexia haydovchisi avval ham huquqsiz avtomobil boshqarib yurgan va bu haqda mahalla aholisi xabardor bo‘lgan.

Voqeadan so‘ng ichki ishlar organlari xodimlari mahallada yig‘ilish o‘tkazib, ota-onalar mas’uliyati va yoshlar ustidan nazorat masalasini muhokama qildi.

3640

Telegramga obuna böling

Sönggi yangiliklar bilan tanişing

→