Oʻzbekiston universitetlari CWUR‑2026 global reytingiga kiritilmadi

Dunyo 2 iyun, 14:40
Oʻzbekiston universitetlari CWUR‑2026 global reytingiga kiritilmadi

Jahon universitetlari reytingi markazi (CWUR) 2026 yil uchun dunyoning eng yaxshi universitetlari roʻyxatini e’lon qildi. Tadqiqotga 100 ga yaqin davlatdan 21 mingdan ortiq universitetlar kirdi.

Reytingni tuzishda eng yaxshi koʻrsatkichlarga ega atigi 2000 ta universitet tanlab olindi. Asosiy mezonlar qatorida ta’lim sifati (25%), bitiruvchilarga boʻlgan talab (25%), pedagogik kadrlar darajasi (10%) va ilmiy faollik (40%) bor.

CWUR metodologiyasining oʻziga xos xususiyati shundaki, u soʻrovlar yoki universitetlarning oʻz ma’lumotlariga tayanmaydi. Baholash haqiqiy natijalarga asoslanadi: nashrlar, iqtiboslar, mukofotlar va bitiruvchilarning martaba yutuqlari tahlil qilinadi.

Garvard universiteti yana reytingning yetakchisiga aylandi. Kuchli oʻnlikka, shuningdek, Massachusets texnologiya instituti (MIT), Stenford, Kembrij va Oksford kirdi.

CWUR 2026 boʻyicha dunyodagi eng yaxshi 10 ta universitet:

- Garvard universiteti (AQSh)

- MIT (AQSh)

- Stenford universiteti (AQSh)

- Kembrij universiteti (Buyuk Britaniya)

- Oksford universiteti (Buyuk Britaniya)

- Prinston universiteti (AQSh)

- Pensilvaniya universiteti (AQSh)

- Kolumbiya universiteti (AQSh)

- Yel universiteti (AQSh)

- Chikago universiteti (AQSh)

Reytingda an’anaviy ravishda AQSh universitetlari ustunlik qiladi, ammo Buyuk Britaniya, Yaponiya, Kanada, Frantsiya va Xitoy universitetlari ham yuqori oʻrinlarni egallaydi.

Oʻzbekiston universitetlari reytingga kiritilmadi; tanlov jarayonida, xususan, ilmiy faollik, iqtiboslar koʻrsatkichlari, oʻqituvchilarning saviyasi va bitiruvchilarning kasbiy yutuqlari hisobga olindi.

5480